Iroq parlamenti o`tkazilgan ikkinchi yig`ilishda mamlakatning yangi prezidentini saylashga muvaffaq bo`ldi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Bu lavozimni esa Iroq Kurdistoni hukumatining sobiq rahbari Barhom Solih egallagan. Solihning nomzodini Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi ilgari surgan.U 2009 yildan 2012 yilgacha Iroq Kurdistoni hukumati rahbari lavozimini egallagan. Iroq prezidenti lavozimini qonunchilikka ko`ra, kurd jamoasi vakili egallaydi. Yangi prezident hukumat vakillari oldida qasamyod qildi.






