AsosiyJamiyat

Chilonzordagi BMW «poygalari» vaqtida Matiz majaqlanib ketdi

Toshkentning «Chilonzor» metro bekati yaqinida ikkita BMW avtomobili va Matiz engil mashinasi ishtirokida jiddiy yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

12 oktyabr oqshomida ikkita BMW mashinasi o`zaro poyga o`ynagan, bu vaqtda esa ko`chada harakatlanib kelayotgan Matiz qo`shilib qolgan.

Guvohlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan fotosuratlarda to`qnashuvdagi barcha avtomobillarning ahvoli juda achinarli ekanligini, ayniqsa, Matiz majaqlanib ketganini ko`rish mumkin.

Xabar berishlaricha, YTHning barcha ishtirokchilari tirik qolgan va hozirda ularning barchasiga shifoxonada tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar