AsosiyDunyo

Vertolyotda qochgan jinoyatchi qo`lga tushdi

'Vertolyotda qochgan jinoyatchi qo`lga tushdi'ning rasmi

Fransiyada o`g`irlangan vertolyotda sheriklari bilan birga qamoqxonadan qochgan jinoyatchi va o`g`ri Reduan Faid qo`lga olindi. Bu xaqda Reuter Fransiya Ichki Ishlar Vazirligi bergan ma`lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

Polisiya uni 3 oy davomida qidirgan va ko`p qavatli uylardan birida qo`lga olgan. 46 yoshli jinoyatchi bilan birga uning akasi, rafiqasi hamda yana 2 erkak ham ushlandi. Faid 2013 yilda 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Biroq u 2018 yilning 1 iyulida vertolyotda qamoqdan qochishga muvaffaq bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar