AsosiyJamiyat

"Domodedovo" o`rniga "Vnukovo"ga uchishni istamagan yo`lovchilar aviachiptalarni jarimasiz qaytarib berishlari mumkin

'"Domodedovo" o`rniga "Vnukovo"ga uchishni istamagan yo`lovchilar aviachiptalarni jarimasiz qaytarib berishlari mumkin'ning rasmi

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi Moskvaga borish va qaytish bo`yicha aviachipta xarid qilgan yo`lovchilar uchun e`lon joylashtirdi.

«Moskvadagi aeroportning «Domodedovo»dan «Vnukovo»ga o`zgartirilishi tufayli noqulayliklar yuzaga kelganda, «O`zbekiston havo yo`llari» MAK Sizga uchish sanasi 2018 yilning 28 oktyabridan boshlab O`zbekistondan Moskvaga borish va qaytish bo`yicha qatnovlarga olingan aviachiptalarni qo`shimcha jarimalar to`lamagan holda qaytarib berish imkonini beradi. Ushbu qoida uchish/qo`nish punktida «Domodedovo» aeroporti ko`rsatilgan aviachiptalarning butun amal qilish muddati davomida tadbiq etiladi», — deyiladi xabarda.

Aviachiptalarni ularni xarid qilgan joyda qaytarib topshirish mumkin. Onlayn xarid qilingan aviachiptalar, ular xarid qilingan servis yordamida belgilangan tartibda qaytariladi.

«Vnukovo» aeroportiga o`tish bo`yicha barcha masalalar yuzasidan quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:

Toshkentda: +998 78 140 02 00

Moskvada: +7 495 298 80 66

E-mail: info@uzairways.com

«O`zbekiston havo yo`llari» etkazilgan noqulayliklar uchun uzr so`rab qoldi.

Avvalroq «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasining Moskva shahriga bajariladigan barcha qatnovlari «Domodedovo» aeroportidan «Vnukovo» aeroportiga o`tkazilishi xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar