Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko`rsatishning ayrim ma`muriy reglamentlarini tasdiqlash to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Qaror bilan quyidagi davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamentlari tasdiqlandi:
- Sudlanganlik haqida ma`lumotnoma berish bo`yicha;
- Manzil-ma`lumot axborotlarini taqdim etish bo`yicha.
Ma`muriy reglamentlarga muvofiq, jismoniy shaxslar quyidagi ma`lumotlarni olish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar:
- muqaddam sudlanganligi;
- jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
- reabilitasiya qilinmaydigan asoslarga ko`ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma`lumotnoma;
- manzil-ma`lumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo`yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro`yxatdan o`tganligi, shuningdek, ma`lumot mavjud emasligi).
Mazkur xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig`im undiriladi.
Sudlanganlik haqida ma`lumotnoma berish bo`yicha davlat xizmati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Manzil-ma`lumot axborotlarini taqdim etish esa quyidagi bosqichlardan iborat:







