Checheniston poytaxti Grozniy shahrining 200 yilligi munosabati bilan ommaviy nikoh to`yi tashkil etilgan, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Unda 200 nafar yoshlarning to`y marosimi bo`ldi. Shahar markaziy bog`ida uyushtirilgan tadbir Chechen urf-odatlariga ko`ra o`tgan. Qo`shaloq bayramda Checheniston rahbari Ramzan qodirov ham ishtirok etib, 200 ta kam ta`minlangan oilaga Grozniydagi yangi kvartiralarning kalitini ham topshirgan.






