Germaniyaning Berlin shahrida haydovchi mashinani ko`chadagi qahvaxonalardan biriga, olomon ustiga qarab harakatlantirgan, deb xabar berdi Segodnya nashri.
Buning oqibatida esa 5 kishi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketildi. Qurbonlar yo`q. Germaniya polisiyasi olib borgan tergov natijasida bu voqeaning terrorchilikka aloqasi yo`qligi hamda qasddan sodir etilmagani aniqlandi. Biz haydovchining sog`lig`ida muammo borligini boshqaruv vaqtida u o`zini yo`qotib qo`yganidan taxmin qilmoqdamiz, deydi polisiya vakili.






