AsosiyJamiyat

OTMlarda kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirildi

'OTMlarda kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 5 oktyabrdagi 11-sonli bayoni bilan respublika oliy ta`lim muassasalarida kontraktni to`lash muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019 o`quv yilida to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to`lash muddati 2018 yilning 31 oktyabriga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2018/2019 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarida to`lov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun to`lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to`lash muddatini joriy yilning 15 noyabriga qadar uzaytirish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi.

    Boshqa yangiliklar