AsosiyJamiyat

Toshkentda ikki tumanga yangi hokim tayinlandi

'Toshkentda ikki tumanga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hokimlari o`zgardi.

Baxtiyor Shamuratov Chilonzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Sarvar Toshmatovich Maxametov o`rnini egallagan.

Ma`lumot uchun, Mahametov Sarvar Toshmatovich 1977 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. 1999 yil Toshkent avtomobil yo`llari institutini tamomlagan.


Shamuratov Baxtiyor Yakkasaroy tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U Turizmni rivojlantirish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgani aytilgan.

Ma`lumot uchun, Shamuratov Baxtiyor Abduvaxitovich 1978 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. 1999 yil Toshkent davlat agrar universiteti va 2002 yil Soliq akademiyasini tamomlagan.


    Boshqa yangiliklar