AsosiyJamiyat

Yana 4 ta viloyatda terilgan har bir kilogramm paxta uchun qo`shimcha haq to`lanadi

'Yana 4 ta viloyatda terilgan har bir kilogramm paxta uchun qo`shimcha haq to`lanadi'ning rasmi

Terilgan har bir kilogramm paxta uchun joylarda 650 so`mdan 1000 so`mgacha haq to`lab kelinmoqda.

Norma’da yozilishicha, joriy yil 5 oktyabrdan boshlab, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida terilgan har bir kilogramm paxta uchun 100 so`mdan qo`shib berilmoqda.

Mazkur hududlarda terilgan paxta uchun qo`shimcha haq to`lash nazarda tutilmagan edi.

Qo`shimchalar berib borilayotgan Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoning ayrim tumanlarida mavjud to`lovlar o`zgarishsiz qoladi.

Mazkur qo`shimchalar Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo`jaligini qo`llab-quvvatlash fondi mablag`lari hisobidan to`langani sababli qishloq xo`jaligi korxonalari bilan yakuniy hisob-kitobda inobatga olinmaydi.

    Boshqa yangiliklar