AsosiyDunyo

Habib Nurmagamedov va Konor Makgregor o`rtasidagi jang muhokamalarga sabab bo`ldi

'Habib Nurmagamedov va Konor Makgregor o`rtasidagi jang muhokamalarga sabab bo`ldi 'ning rasmi

AQShning Nevada shtatida 6 oktyabr kuni bo`lib o`tgan rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagamedov va irlandiyalik Konor Makgregor o`rtasida bo`lib o`tgan jang, keyin uning ortidan kelib chiqqan janjal turli muhokamalarga sabab bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

O`yindan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida Habib Nurmagamedov Nevada kommisiyasi hamda barcha muxlislardan uzr so`radi. “O`zimni yaxshi tutmaganimni bilaman. Nima uchun faqat mening sakrab tushib, hujum qilganim haqida gapirishayotganini tushunmayapman. Axir Makgregorning nima qilganini ham hamma ko`rdi-ku! U mening dinim, otam va mamlakatimni haqorat qildi. Bu esa mumkin emas”, dedi Habib Nurmagamedov.

Habib jang uchun 2 million dollar miqdorida gonarar olishi belgilangan. Ammo yuzaga kelgan mushtlashuv yuzasidan tekshiruv tugamaguncha unga gonarar berilmaydi. Uning raqibi esa o`zining 3 million dollarini muammosiz qo`lga kiritishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar