Departamentning Sirdaryo tuman bo`limi tomonidan tumandagi «A.A» fermer xo`jaligiga nisbatan to`plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda, mazkur fermer xo`jaligi rahbari A. va boshqalar fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 6,0 gektar erdagi ochilgan paxta hosilini terib olib, paxta tolasini chigitdan ajratib, tayyor bo`lgan paxta xomashyosini fuqaro M.A va boshqalarga 13,8 mln. so`mga sotib yuborib, davlat mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan «A.A» fermer xo`jaligi rahbari A. va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.