2018 yilgi iqtisod bo`yicha Nobel mukofoti laureatlari ham ma`lum qilindi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Bu safar mukofot Vilyam Nordxaus va Pol Romeroga berildi, deya ma`lum qildi Shvesiya Qirollik akademiyasi.
Taqdirlash marosimi, an`anaga ko`ra, 10 dekabr sanasida bo`lib o`tadi.
Hozirgi kunga kelib har bir Nobel mukofotining summasi 9 million Shvesiya kronasini tashkil etmoqda.






