Oksford lug`atining yangi nashriga kinematografiya bilan bog`liq yuzdan ortiq so`zlar kirdi, deya xabar qildi The Guardian nashri.
Bu safar mashhur rejissyorlarning ismi bilan bog`liq atamalar lug`atga kiritilgan. Masalan, "tarantiniada" (Tarantinoesque) va "kubrikiana" (Kubrickian ). Bu ikki tushuncha Kventin Tarantino va Stenli Kubrikning ijodi bilan bog`liqdir.
Shuningdek, lug`atdan Devid Linch, Stiven Spilberg, Robert Oltmen, Frenk Kapra va boshqa kinorejissyorlar bilan bog`liq atamalarni uchratishingiz mumkin.






