AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi bog`chalardan birida 32 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlandi

'Poytaxtdagi bog`chalardan birida 32 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlandi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan 433-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar zaharlangani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Maktabgacha ta`lim vazirligi bog`chada 32 nafar tarbiyalanuvchining ovqatdan zaharlanishi bilan bog`liq vaziyatni yaqindan o`rganib chiqmoqda, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Ma`lumot vazirlikka etib kelgach, MTV mutaxassislaridan iborat komissiya darhol voqea joyiga yo`l oldi.

Joyda Bosh prokuratura va Sog`liqni saqlash vaziriligi vakillari ham ish olib bormoqdalar. Jiddiy holatlar qayd etilmagan, hozirgi vaqtda ikki nafar tarbiyalanuvchi kasalxonadan uyga qo`yib yuborilgan, qolgan bolalarni ham uyga qo`yib yuborish ishlari davom etmoqda.

Bolalar tibbiy ko`rik va laboratoriya nazoratidan o`tkazildi. Ushbu surishtiruv natijalari yaqin vaqt ichida e`lon qilinadi. Kelajakda shunga o`xshash hodisalarga yo`l qo`ymaslik va ularning oldini olish maqsadida nazoratni kuchaytirish buyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar