AsosiyJamiyat

​Viloyat hokimi hasharchilar bilan dalada paxta termoqda

'​Viloyat hokimi hasharchilar bilan dalada paxta termoqda'ning rasmi

So`nggi ikki kunda ob-havoning biroz noqulay kelishi paxta xomashyosini terib olishda qiyinchiliklar tug`dirdi.

Bugun, Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon G`anievich Mirzaev paxta yig`im-terimi mavsumida ishtirok etayotgan hasharchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida Farg`ona viloyatidan kelgan hasharchilar bilan dalada paxta termoqda, deb xabar berdi hoqimlik matbuot xizmati.

Viloyat hokimi tashabbuskorlik ko`rsatib, terimchilar holidan xabar olish hamda namuna bo`lish maqsadida paxta terimida ishtirok etib, paxtakorlarning ko`nglini ko`tardi. Shuningdek, ilg`or terimchilarga sovg`alar topshirdi.

    Boshqa yangiliklar