O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev Shahidlar maydonining ochilishida Islom Karimov bilan uchrashuvi, Birinchi Prezidentning "Shaytanat" filmi borasida bildirgan fikrlari hamda mustaqilligimiz asoschisining kuchli xotira va noyob hislat egasi ekanligi haqida so`zladi.
"Islom Abdug`anievich meni ko`rib, "Nega "Shaytanat"da Farg`ona voqealarini qo`shmading?", - deb so`radilar. Shundan keyin Farg`ona voqealari, "o`zbeklar ishi", Bo`ka, Parkent, talabalar shaharchasidagi voqealar haqida gapirib ketdilar. Islom aka shunday gapirib berdilarki, bitta ssenariydek, aniq, vaqti bilan. Bu kadrlar ko`zimning oldidan filmdek o`taverdi.
Islom aka kulganlarida butun jahon kulgandek bo`lar edi.
Ehtiroslari juda kuchli odam edilar. Buyuk insonlar oddiy bo`ladi.
Islom Abdug`anievich bilan uchrashuvlar men uchun juda qadrli. Ularning hammasi mening yuragimdan joy olgan.
Islom aka Vatan ravnaqi uchun jonlarini berdilar. O`zbekni o`ziga bekligini butun dunyoga ko`rsatgan insonlardan biri bo`ladilar".






