AsosiyJamiyat

Jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan to`lov tizimi joriy etiladi

'Jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan to`lov tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Uzcard «BPC Group» xalqaro xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda ABT (account based ticketing) texnologiyalari asosida “STS”- «Smart Ticketing Solution» dasturiy-ta`minot majmuini ishlab chiqdi.

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma`lum qildi. Xabarda ta`kidlanishicha, ABT – foydalanuvchining shaxsiy hisob raqamiga asoslangan, jamoat transportida amalga oshiriladigan zamonaviy to`lov tizimi hisoblanadi. Tizim orqali amalga oshirilgan barcha to`lovlar esa, markaziy serverda saqlanadi. Tizimning avzalliklaridan biri, unda zamonaviy bank kartalari (Uzcard, VISA, Mastercard, UPI, MIR) orqali to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatining yaratilganidir.

“Mutaxassislarimiz tomonidan kontaktsiz to`lovlar sohasida yaratilgan qulayliklarni inobatga olib, tranzaksiyalarni amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta`minlash va transport kompaniyalari tizimida benuqson tizimni joriy etish bilan birga, ushbu tizimni avtomatlashtirish ishida inson omillariga bog`liqlikni minimallashtirishga alohida e`tibor berildi”, deyiladi xabarda.

BPS kompaniyasi raqamli va innovasion ishlanmalar bozorida etakchi kompaniyalardan biri hisoblanib, dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida o`z hamkorlariga ega. Shuningdek, kompaniya jamoat transportida to`lovlarni amalga oshirish sohasida avtomatlashtirilgan ishlanmalarni joriy etishda ko`p yillik tajribaga ega. Sberbank hamkorligi doirasida Markaziy Transport Platformasiga ulangan hamda amalga oshirilgan loyihalar ro`yxatiga Rossiya Federasiyasining 20 dan ortiq shahari ham kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar