Qirollik shifokorlari gersoginya Keytning tug`ilajak farzandining salomatligi borasida havotirda ekanliklarini bildirishmoqda, deya xabar beradi 7days.ru nashri.
Keyt Middlton kuchli taksikozdan aziyat chekmoqda. Bir necha oydan beri uzluksiz davom etayotgan toksikoz uning davlat tadbirlariga borishiga, atrofdagilar bilan muloqotga kirishishiga jiddiy to`sqinlik qilmoqda. Buning ustiga u biroz ozayapti. Aynan mana shu holat ham shifokorlarni tashvishga solmoqda.
Keyt Middlton toksikoz bilan kurashayotgan vaqtda, britaniyaliklar uning egizak farzand ko`rishiga bahs bog`lashmoqda.
Keyt Middlton ikkinchi farzandini eson-omon qo`liga olishini tilagan holda, voqealar rivojini kuzatamiz.