AQSh prezidenti Barak Obama butun dunyoni Ebola virusi bilan etarli darajada kurashmayotganlikda ayblamoqda. Bu haqda news.day.az nashri xabar beradi.
Ushbu fikrni u dunyoning 20 ta koalision davlatlari bilan uchrashuvda aytib o`tgan. U barchani Ebolaga qarshi jiddiy kurashga va kasallik tarqalgan hududlarga har qanday yo`l bilan bo`lsa-da yordam berish lozimligini ta`kidlagan.