AsosiyJamiyat

Adashgan yoshlarga yana bir imkon berildi

'Adashgan yoshlarga yana bir imkon berildi'ning rasmi

Yoshlar ertamiz ko`zgusi. Ularning kelajagi butun bir millatning shirin tashvishidir. Hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchunbir qator tashkilot va idoralar mas`ul etib belgilangan.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Xalq ta`limi bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar Prokuraturasi hamkorligida “Shu Vatanga bordir mening keragim!” loyihasi ishlab chiqildi.Mazkur loyiha doirasida O`zbekiston yoshlar ittifoqiToshkent shahar yoshlar markazida Ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmaganlar, nosog`lom oila farzandlarini hisobdan chiqarish uchun Ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi voyaga etmaganlar bilan davra suhbati o`tkazildi.

Unga etuk malakali psixologlar va imom xatiblar jalb qilinib, holda Ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi voyaga etmagan o`quvchi-yoshlar bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi. Ishtirokchilarning dunyoqarashi, jamiyatdagi ijtimoiy faolligi o`rganilib, yakuniy xulosalar asosida Ichki ishlar idoralaridagi profilaktik hisobdan chiqarishga tavsiya beriladi.

— Farzand ota-onaning ko`zgudagi aksi. Ulardagi har qanday illatning ildizi tarbiyaga borib taqaladi. Ota-onadagi illat farzandga “Kuchli virus”dek tez yuqadi. Chunki farzand ko`z o`ngida uning ota-onasi ideal inson sifatida gavdalanadi. Kattalarning hatti-harakatlaridagi xatoliklarni ham to`g`rilikka yo`yib, o`zi amalda qo`llab ko`radi. Nosog`lom muhitda noto`g`ri tarbiyalanib boraveradi. Oqibatda turli xil ko`ngilsizliklar kelib chiqadi, — deydi Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimi Abdurashid Ochilov. — Agar bola tarbiyasiga to`g`ri yondashilib, uni yoshligidan haqgo`ylikka, o`qishga, mehnatkashlikka o`rgatib borilsa, u o`z-o`zidan barkamol avlod sifatida voyaga etadi.

“Shu Vatanga bordir mening keragim!” loyihasi davomida 12 oktyabr kuni “Yoshlar markazi”da Ichki ishlar profilaktik hisobidan chiqarilgan o`quvchi yoshlar hisobdan chiqarilganlik haqidagi maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanib, ma`naviy-ma`rifiy dasturda qatnashishadi. 13 oktyabr kuni ularning Samarqand shahriga sayohati uyushtiriladi.

Mazkur loyihada 150 dan ortiq Ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi voyaga etmaganlar ishtirok etadi.

Yakka tartibdagi suhbatlar natijasida Ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmaganlar ro`yxatdan chiqarilib, ularga 4 kunliko`quv-seminar o`tkaziladi. Imkoniyat va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ta`lim suassasalarida yo`nalishlar bo`yichasardorlikka saylanadi. Bundan tashqari, yoshlarning xohish-istaklari va qiziqishlariga qarab kasb-hunar to`garaklarida o`qitiladi, — deydiO`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi Asqarjon Hasanov

Shahnoza Nurullaeva

    Boshqa yangiliklar