15-22 oktyabr kunlari O`zbekiston milliy universiteti rahbariyati taklifiga binoan Shimoliy Karolina universiteti (AQSh) Biokimyo va biofizika professori, 2015 yil Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar O`zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida professor Aziz Sanjar bir qator tadbirlarda ishtirok etib, molekulyar biologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarimiz bilan tajriba almashadi hamda respublikamizning yosh olimlarini innovasion ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan keng shug`ullanishda o`z tajribalarini bo`lishadi.
Shuningdek, O`zbekiston milliy universitetida “Aziz Sanjar: sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot” deb nomlangan xalqaro ilmiy anjuman o`tkazilishi rejalashtirilgan. Professor tahsil oluvchilar va tadqiqotchilarga “DNKning tiklanishi, saraton va kimyoviy davolash” mavzusida onlayn ma`ruza o`tadi. Mazkur ma`ruza respublikaning barcha OTMlari videokonferensiya studiyalarida translyasiya qilinadi.
Anjumanda respublika hamda xorijiy davlatlardan etakchi olimlar, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, vazirliklar va elchixonalar vakillari ishtirok etadi.






