AsosiyJamiyat

Til bayrami munosabati bilan «ommaviy diktant» tadbiri o`tkaziladi

'Til bayrami munosabati bilan «ommaviy diktant» tadbiri o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 16—18 oktyabr kunlari Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`lim vazirligi va O`zbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda «Ommaviy diktant» tadbiri o`tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tadbir xalq savodxonligini ko`tarish, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boylik hisoblangan tilning rolini oshirish bo`yicha belgilangan vazifaga, hamda 21 oktyabr «O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun» bayrami munosabati bilan o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar