AsosiyDunyo

Islom Karimovning o`g`li "O`zbekiston havo yo`llari" MAKni sudga berdi

'Islom Karimovning o`g`li "O`zbekiston havo yo`llari" MAKni sudga berdi'ning rasmi

O`zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning o`g`li Pyotr Karimov "O`zbekiston havo yo`llari" MAKdan maosh pulini undirib berishni so`rab, Moskva Tver sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Sud matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, sud yig`ilishi 24 oktyabr kuniga tayinlandi.

OAV ma`lumotiga qaraganda, Pyotr Karimov milliy aviakompaniyada yuqori lavozimda ishlagan.

Pyotr Karimovning so`zlariga ko`ra, "O`zbekiston havo yo`llari" MAK unga belgilangan ish haqini to`lamagan.

Da`vo arizasi quyidagicha ifodalanadi: "to`lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo`yicha nizolar".

"O`zbekiston havo yo`llari" MAK bu holatdan xabari yo`qligini, ammo Petr Karimov kompaniyada faoliyat yuritgani haqidagi ma`lumot borligini ma`lum qildi.

Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, Pyotr Karimov Aziya-Invest bankida ishlagan.

Pyotr Karimov 1969 yilda tug`ilgan. OAV ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

    Boshqa yangiliklar