AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir yo`lovchi avtobusida yong`in chiqdi

'Toshkentda yana bir yo`lovchi avtobusida yong`in chiqdi'ning rasmi

Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkentning «Chinni bozori» - Qoraqamish 2/4 yo`nalishi bo`ylab harakatlanuvchi «Mercedes-Benz Low Floor» rusumli 87-avtobusda yong`in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yong`in soat 14:52da avtobus Uchtepa tumanidagi Ko`kcha Darvoza ko`chasidan o`tayotganda sodir bo`lgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong`in 15:01da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida transport vositasining motor bo`lmasi yonib ketgan.

Haydovchi va yo`lovchilarga zarar etmagan.

Yong`inga avtobusning yoqilg`i tizimidagi buzilish sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar