AsosiyDunyo

Botirjon Asadov Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi

'Botirjon Asadov Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi  'ning rasmi

2018 yil 11 oktyabr kuni O`zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi, deb xabar qildi Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

11 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin 23 ta yangi tayinlangan xorijiy mamlakatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oladi.

Ushbu marosim Katta Kreml saroyining Aleksandrovskiy zalida bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19 oktyabr kunlari O`zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida birinchi Rossiya-O`zbekiston mintaqalararo hamkorlik forumi o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar