AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligi jurnalistlardan faqat press-relizlarga asoslanib qolmaslikni so`radi

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari Husan Ermatov jurnalistlardan faqat press-relizlarga asoslanib qolmaslikni so`radi, deb xabar bermoqda «Kun».

«Biz, shahar hokimligi Axborot xizmati, matbuot anjumanlarida ortiq press-reliz tarqatmaslikni o`ylab turibmiz», – dedi Husan Ermatov 10 oktyabr kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida.

«Masala shundaki, Milliy matbuot markazida o`tkazilgan bir qator tadbirlarimizdan so`ng, deyarli barcha nashrlarda [shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan tarqatilgan press-relizlarga asoslanib] bir xil gap-so`zlar yozildi. Vaholanki, biz har bir nashr o`z yo`nalishi, ixtisosligidan kelib chiqib, tadbirlarni kengroq yoritishlarini juda ham istardik», – dedi Toshkent shahar Axborot xizmati rahbari Husan Ermatov.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Toshkent hokimligi noyabrdan bir oyga rejalashtirilgan poytaxt ko`chalaridagi qurilish va ta`mirlash ishlari ro`yxatini e`lon qila boshlashini ma`lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar