Turkiyaning “Sabah” gazetasi Saudiya Arabistonining nufuzli jurnalisti Jamol Hoshogining yo`qolishiga aloqador bo`lgan razvedka guruhini aniqladi, deb xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
15 kishilik guruh a`zolarining nomi gazetada e`lon qilingan. Hoshogini so`nggi marta Istanbuldagi konsullik binosiga kirib-chiqqanini ko`rishgan. Qayd etilishicha, 15 nafar Saudiya fuqarosi, jumladan, ba`zi rasmiy shaxslar jurnalist g`oyib bo`lgan kuni shaharga kelishgan va turli vaqtlarda alohida tartibda mamlakatdan jo`nab ketishgan. Ularning suratlari aeroport pasport nazorati bo`limidan olindi.






