Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan dunyodagi eng katta baliq bozori sanalgan Sukidzining buzilgani xaqida xabar bergan edik, deb yozmoqda Segodnya nashri.
Olingan eng so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, endi ushbu bozorda savdo qiluvchilar poytaxtning yangi Toyosu bozorida o`z faoliyatlarini davom etirishmoqda. Ushbu bozorda baliqlar auksioni tashkil etilgan. Sotuvchilar, haridorlar va ayniqsa, sayyohlar bu erga tez o`rganishiga umid qilishmoqda. Birinchi kunning o`zidayoq savdo maskani odamlar bilan gavjum bo`ldi.






