Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma`lum qilinishicha, 11 oktyabr kuni Buxoro tumanida yashovchi S.B. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobusini salonida jami 28 nafar yo`lovchilari bilan «Jizzax-Do`stlik-Gagarin» yo`lining 23-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni yo`qotishi oqibatida avtobus yo`l chetiga yonboshlab qolgan.
Natijada 3 nafar yo`lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda 16 nafar yo`lovchiga tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






