AsosiyJamiyat

"Loyiham Orolbo`yi aholisining yashash tarzini birmuncha yaxshilashi mumkin”

'"Loyiham Orolbo`yi aholisining yashash tarzini birmuncha yaxshilashi mumkin”'ning rasmi

O`rta Osiyo yoshlarining Xalqaro "Do`stlikʼʼ forumi doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti talabasi, «Yosh olimlar» Kengashi a`zosi Nodirbek Xurramovning «Janubiy Orol bo`yida inqirozga uchragan ekosistemalarning hozirgi holati va uni yaxshilash yo`llari» mavzusidagi taqdimoti konferensiya ishtirokchilarini birdek qiziqtirib qo`ydi.

– Orol muammosi O`rta Osiyo xalqlarining bariga tegishli deb hisoblayman. Bu muammo tobora global ahamiyat kasb etmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda, Tinch okeanining 1 litr suvida 18-24 gr tuz bo`lsa, Orol dengizida esa bu ko`rsatkich 150-300 grni tashkil etadi. Bu achinarli hol, albatta. Orol maydoni dunyoda yopiq berk ko`llar bo`yicha 4-o`rinda turadi. Ushbu loyiha O`zbekiston milliy universiteti, Moskva davlat universiteti, UFA universiteti, va Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda. Loyiha orqali Orolboyi aholisining yashash tarzi va salomatligi yaxshilanadi. Fikrimcha, O`rta Osiyo yoshlarining barchasi Orol muammosini hal etish yo`lida birlashsa, vaziyatni yaxshilash mumkin. Loyiham bilan Orolni qutqaraman, asl holatiga qaytaraman deb va`da berolmayman. Ammo bu Orolbo`yi aholisining yashash tarzini birmuncha yaxshilaydi, — deydi Nodirbek.

Loyihaga ko`ra, ushbu muammo yuzasidan ko`ngilli yoshlar guruhi tashkil etiladi va qardosh xalqlar bir maqsad – Orolni qutqarish uchun harakat qiladi.

Ushbu muammo bo`yicha qozoq, qirg`iz yoshlari ham o`z fikr-mulohazalarini bildirishdi va konferensiya savol-javoblar, turli bahslar bilan davom etdi.

    Boshqa yangiliklar