1

Farg`onada "Avtomashina olaman" degan 73 nafar fuqaro chuv tushdi?

Jinoyat 12.10.2018, 16:32
Farg`onada "Avtomashina olaman" degan 73 nafar fuqaro chuv tushdi?

Farg`onada yangi avtomashina olib berishni va`da qilib, ko`plab fuqarolarni “chuv” tushirgan shaxs ustidan sud jarayoni bo`lib o`tmoqda, deb yozmoqda O`zA.

Dastlabki tergov organi tomonidan “Farg`ona avtosavdo” mas`uliyati cheklangan jamiyatida ombor mudiri vazifasida ishlagan I.Telyabaev O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan turli rusumlardagi avtomashinalarni navbatsiz va tez fursatda olib berishni va`da qilib, 2017 yilning iyul oyidan 2018 yilning may oyiga qadar jami 73 nafar fuqarolarni aldab, ularning juda ko`p miqdordagi 9 milliard 374 million so`mdan ortiq pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, pullarni o`zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganlikda ayblangan.

Bugun jinoyat ishlari bo`yicha So`x tuman sudi tomonidan jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudining binosida, ochiq sud majlisida, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan I.Telyabaevga oid jinoyat ishi muhokamasi boshlandi.

Hozirda ochiq sud majlisida sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning ko`rsatuvlari tinglanmoqda va kelgusida jinoyat ishini sudda ko`rilishi natijasi yuzasidan ma`lumot berib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1