Bugun, 12 oktyabr kuni soat taxminan 17.50 atrofida Yunusobod tumani, Alisher Navoiy ko`chasida "Chorsu-Yangiobod" yo`nalishi bo`yicha harakatlanuvchi "ISUZU SAZ" rusumli yo`lovchi avtobusi chiroq ustuniga borib urilgan.
Avtobus haydovchisi 34 yoshli Sarvar M.ning so`zlariga ko`ra, avtobusning oldida harakatlanayotgan avtomashina svetoforning to`xtash belgisiga kutilmaganda to`xtagan. Shunda, avtomashinaga urilmaslik uchun haydovchi avtobus rulini burib yuborgan, natijada ustunga borib urilgan.
Avtobus salonida 10-12 yo`lovchi bo`lgan. 5 nafar yo`lovchi tan jarohati olgan va kasalxonaga etkazilgan.






