Avstraliyalik yozuvchi Richard Flanagan o`zining «Uzoq shimolga tor yo`l» romani uchun 2014 yilgi Buker mukofotiga loyiq ko`rildi, deb xabar bermoqda «Segodnya».
53 yoshli Flenagan mukofotni Buyuk Britaniya taxti valiahdi shahzoda Charlzning rafiqasi, Kornuol gersoginyasi Kamilla qo`lidan qabul qilib oldi. Shuningdek, unga 50 ming funt-sterling (80 ming dollar) mukofot puli ham topshirilgan. Yana besh asosiy nomzodga 2,5 ming funtdan (4 ming dollar) sovrin berilgan.
G`olib asar voqealari Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyaning Myanma va Tailand o`rtasidagi temir yo`l qurilishida ishlatilgan harbiy asirlar saqlangan lagerida bo`lib o`tadi. Muallifning otasi ushbu lager mahbusi bo`lgan. Flenagan asarni yozish uchun 12 yil sarflagan.
Ma`lumot uchun, Buker mukofoti 1969 yilda ta`sis etilgan bo`lib, ingliz adabiyoti bo`yicha dunyodagi eng nufuzli sovrinlardan biri hisoblanadi.