AsosiyJamiyat

Kelasi haftada mamlakatimizda ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda

'Kelasi haftada mamlakatimizda ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda 'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, kelasi haftada Toshkentda va respublikaning boshqa hududlarida ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda.

15-17 oktyabr kunlari O`zbekistonda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik kuzatiladi. 16 oktyabrda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin.

16-17 oktyabrda yog`adigan yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek, 15-16 oktyabr kunlari shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

16-17 oktyabr kunlari havo harorati 0-2 darajagacha pasayadi, vaqti-vaqti bilan -2 daraja sovuq bo`lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 5-8 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar