1

Navoiyda qizlarni Turkiyaga sotish bilan shug`ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi

Jinoyat 13.10.2018, 23:41
Navoiyda qizlarni Turkiyaga sotish bilan shug`ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi

Navoiy viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi bilan shug`ullanuvchi zanjir fosh etildi, deb yozmoqda “Xalq so`zi”.

Mazkur zanjirning halqasi D. G. Turkiyadagi Dilnoza ismli tanishi bilan jinoiy til biriktirib, Navoiy viloyatidan qiz va juvonlarni Istanbul shahriga jo`natib turgan. Chunonchi D.G. viloyatning Xatirchi tumani “Qoracha” MFY yashovchi 1988 yil tug`ilgan X.Ch. hamda Navoiy shahrilik 1991 yil tug`ilgan Yu. R.ni Turkiyadagi tanishi Dilnozadan olgan aviachipta bilan Toshkent Xalqaro aeroporti orqali jo`natmoqchi bo`lganida qo`lga olindi. Mazkur holat yuzasidan D.G.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Fuqaro D.G. 2016 yil O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, 2017 yil jazoning o`tolmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan edi. Bag`rikenglikdan tegishli xulosa chiqarmagan D.G. endi o`z qilmishidan pushaymon bo`lishi uchun etarli muddatni olishi aniq“, - deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari O`ktam Usmonov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1