1

Biri prokuror yordamchisiga yana biri prokuratura tergovchisiga pora berayotganda ushlandi

Jinoyat 14.10.2018, 14:07
Biri prokuror yordamchisiga yana biri prokuratura tergovchisiga pora berayotganda ushlandi

2018 yil 12-13 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shahrisabz tuman xalq ta`limi bo`limi bosh hisobchisi X.Juraev Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan o`tkazilayotgan tekshirish yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atmaslik va uni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga Shahrisabz tuman prokurori yordamchisi S.G`aybullaevga uning xizmat xonasida 2500 AQSh dollari pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqaro M.Shukurov o`ziga nisbatan tekshirish harakatlari olib borilayotgan ish bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga Qarshi shahar prokuraturasi tergovchisi Sh.Najmievga uning xizmat xonasida 500 AQSh dollari pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1