1

​1 milliard so`mni o`zlashtirgan korxona rahbari qo`lga olindi

Jinoyat 14.10.2018, 14:47
​1 milliard so`mni o`zlashtirgan korxona rahbari qo`lga olindi

Navoiyda katta miqdordagi pul mablag`ini o`zlashtirgan firibgar rahbarga jinoyat ishi qo`zg`atildi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"2018 yil 11 oktyabr kuni Navoiy shahrida yashovchi A.A. IIBga murojaat qilib, 2017 yil iyun oyida o`zi ishlaydigan korxona rahbari, Zarafshon shahrida yashovchi S.T. uni ishonchiga kirib korxona tomonidan Karmana tumani hududida qurilayotgan ko`p qavatli uylarning sotuvidan tushgan 1 milliard so`m miqdoridagi pullarni bankning xisob raqamiga kirim qilmay pullarga qurilish mollari sotib olganligini aytgani va shu orqali pullarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligini ma`lum qilgan", - deyilgan xabarda.

S.T. qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1