O`zbekistonda 2018/2019-o`quv yilidan boshlab ilk marotaba OTMlarda to`lov-kontraktlar eng kam ish haqi miqdoriga bog`lab qo`yilgan. Bu esa eng kam ish haqi oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshishini anglatadi, deya ma`lum qiladi Xushnud Xudoyberdiev.
Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayonining 12-ilovasiga izohda eng kam ish haqi miqdori oshirilganda mos ravishda to`lov-kontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan oshirib borilishi belgilangan.
Bu shuni anglatadiki, kontraktlar bahorgi semestrdan, ya`ni mart oyidan oshadi, kuzgi semestrga to`langan kontrakt uchun qo`shimcha to`lov to`lash shart emas.
2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo`ladi (agar yana EKIH oshmasa):
Bakalavriat:
1-toifa: 45 barobar— 9 million 122 ming 850 so`m;
2-toifa: 46 barobar — 9 million 325 ming 580 so`m;
3-toifa: 50 barobar — 10 million 136 ming 500 so`m;
4-toifa: 55 barobar — 11 million 150 ming 150 so`m;
5-toifa: 60 barobar — 12 million 163 ming 800 so`m.
Magistratura:
1-toifa: 49 barobar – 9 million 933 ming 770 so`m;
2-toifa: 51 barobar – 10 million 339 ming 230 so`m;
3-toifa: 55 barobar – 11 million 150 ming 150 so`m;
4-toifa: 61 barobar – 12 million 366 ming 530 so`m;
5-toifa: 66 barobar – 13 million 380 ming 180 so`m.
Agar kontrakt oldindan 1 yillik to`lab qo`yilgan bo`lsa ham baribir 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo`shimcha to`lov qilishga to`g`ri keladi.






