1

Endi internet klublarda axloqiy buzuqlikni targ`ib qiluvchi saytlarga kirish mumkin emas

Hi-tech 15.10.2014, 18:51
Endi internet klublarda axloqiy buzuqlikni targ`ib qiluvchi saytlarga kirish mumkin emas

O`zbekistonda yoshlarning axloqiy buzuqlikni targ`ib etuvchi saytlarga kirishining oldini olish maqsadida internet klublardagi kompyuterlarga maxsus taqiqlovchi dasturlar o`rnatilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Bunda barcha xabarlar avtomatik tarzda filtrlanadi yoki bola o`zi qiziqib nojo`ya axborotni olmoqchi bo`lganida avtomatik taqiq ishga tushadi.

Ayni paytda mazkur dasturlar ham to`liq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi, chunki ba`zida ular foydali axborotni cheklab qo`yishi yoki kerakcizini o`tkazib yuborishi mumkin.

Xabarda mazkur taqiqlovchi dastur nomi, uning qaysi internet klublarida o`rnatilayotgani haqida ma`lumot berilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1