1

Samarqand shahrida mudhish qotillik yuz berdi

Jinoyat 16.10.2018, 10:35
Samarqand shahrida mudhish qotillik yuz berdi

Samarqandda 1999 yilda tug`ilgan T.A. o`zidan 20 yosh katta bo`lgan fuqaro, 1979 yilda tug`ilgan Sh.R.ga og`ir tan jarohati etkazgan. Natijada fuqaro Sh.R. voqea joyida halok bo`lgan. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, 15 oktyabr kuni soat taxminan 09:30 atrofida Samarqand shahrida T.A. tanishi Sh.R. bilan oldindan bo`lgan kelishmovchilik sababli uyidan oshxona pichog`i bilan qurollanib, avtomobil ehtiyot qismlari savdo do`koni ichida Sh.R.ga bir necha zarba bergan.

Sh.R. olgan tan jarohati bilan savdo do`konidan qochib ketayotgan vaqtida T.A. uni quvlab borib, «Erkin savdo» majmuasi ro`parasida yana unga bir necha marotaba pichoq bilan urgan. Oqibatda Sh.R. hodisa joyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning bergan dastlabki ma`lumotga ko`ra, marhum Sh.R.ning o`limi ichki va tashqi qon ketish natijasida kelib chiqqanligi bayon etilgan.

Holat yuzasidan T.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1