O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan O`zbekiston yoshlar ittifoqi aksiya e`lon qiladi. Shartlar oddiy. Aksiya 3 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqichda siz o`zbek tilida muqobil varianti bo`lmagan turli tillardan kirib kelgan o`zlashma so`zlarni topasiz.
2-bosqichda tanlagan so`zlaringizning o`zbek tilidagi muqobil variantini taklif etasiz.
3-bosqichda esa #davlat_tili29 xeshtegi ostida so`zlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangizga joylashtirasiz va bizning telegramdagi +998 99 4950436 raqamimizga yo`llaysiz. Namuna: samolyot — uchoq, gazeta — ro`znoma.
Eng ko`p so`z topgan va uning o`zbekcha muqobil variantini taklif etgan yoshlar aksiya g`olibi deb e`lon qilinadi.
G`oliblar diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.
Unutmang, ona tilimizni boyitish va uni yanada rivojlantirish har birimizning burchimizdir.






