AsosiyJamiyat

Moskvada Islom Karimov haykali ochilish arafasida

'Moskvada Islom Karimov haykali ochilish arafasida'ning rasmi

Moskva markazida O`zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali o`rnatildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Haykal Polyanka metro bekati va O`zbekiston elchixonasi yaqinida, 1-Kazachiy ko`chasidagi 13-uy va "Bolshaya Polyanka" ko`chasidagi 39-uylar orasida, Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan.

Ayni damda haykal oq mato bilan o`ralgan, uning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O`zbekiston elchixonasi haykalning ochilish sanasi hozircha noma`lum ekanini xabar qilmoqda.

Podgotovka k otkrtiyu pamyatnika Islamu Karimovu v Moskve

Ushbu monument Moskva shahriga Islom Karimov fondi tomonidan taqdim etilgan. Haykal muallifi britaniyalik haykaltarosh Pol Dey. Haykalda O`zbekiston Birinchi prezidenti Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.

Eslatib o`tamiz, Moskvada Islom Karimov haykali o`rnatish va xiyobonlardan biriga O`zbekiston Birinchi prezidenti nomini berish haqidagi qaror Moskva shahar ma`muriyati tomonidan 2016 yilda qabul qilingan edi. Haykal qurish uchun mablag` Islom Karimov nomli xayriya fondi tomonidan ajratilgan.

    Boshqa yangiliklar