“Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan fuqarolar yig`ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida o`tkazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, fuqarolar yig`inlari amaldagi raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolatlari muddati 2019 yil may oyida fuqarolar yig`inlarining yangi raislari (oqsoqollari) saylanguniga qadar uzaytirildi.






