Turk polisiyasi saudiyalik jurnalist Jamol Xoshogiyning yo`qolishi yuzasidan tergov doirasida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirib tintuv o`tkazadi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Avvalroq ushbu ish bo`yicha ikki davlat ishchi guruhi birinchi yig`ilishini o`tkazgan edi. Reuters axborot agentligi bergan ma`lumotlarga qaraganda, Turkiya hukumati jurnalist konsullikda o`ldirilgan bo`lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Saudiya Arabistoni hukumatining ta`kidlashicha, jurnalist konsullik binosini tark etgandan keyin yo`qolib qolgan.
Biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning aytishicha, Saudiya Arabistoni jurnalistning yo`qolishiga aloqador emasligini isbotlashi lozim, hozircha esa uning vajlari ishonarli emas. Boshqa manbalar esa Saudiya Arabistoni konsulligi, jurnalistning o`limini ma`lum qilish uchun tayyorlanayotganini xabar qilmoqda.






