AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi

'Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi'ning rasmi

15 oktyabrdan 16 oktyabrga o`tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog`ayotganligi sababli 03:30lar chamasida transport vositalari hamda yo`lovchilarga yordam berish maqsadida kuzatuv va nazorat ishlari olib borayotgan vaqtida ikkita «Damas» rusumli avtomashinalarning buzilganligi sababli to`xtab qolganligini aniqlashdi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko`ra, avtomashinalarda Samarqand shahridan sport musobaqalaridan 9 nafar 7 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan maktab o`quvchilari 3 nafar murabbiylari kuzatuvida uylariga qaytishayotgan ekan.

Qutqaruvchilar yo`lovchilarni «Qamchiq» maxsus qidiruv qutqaruv boshqarmasi binosiga olib kelishgan, u erda issiq ovqat, issiq joy bilan ta`minladilar, erta tongda esa avtomobilni ta`mirlab uylariga jo`natishgan.

    Boshqa yangiliklar