AsosiyJamiyat

Toshkentda "Rossiya-O`zbekiston ta`lim forumi" o`tkaziladi

'Toshkentda "Rossiya-O`zbekiston ta`lim forumi" o`tkaziladi  'ning rasmi

O`zbekiston va Rossiyaning etakchi oliy ta`lim muassasalari tashabbusi bilan Toshkent shahrida shu yilning 18-19 oktyabr kunlari birinchi marotaba «O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi» o`tkaziladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forumda ikki mamlakat prezidentlari administrasiyalari, Hukumat rahbarlari, O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri va Rossiya Federasiyasini Ta`lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ziyod nufuzli oliy ta`lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Ikki davlat OTMlari rektorlari o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to`g`ridan-to`g`ri va ochiq muloqotda muhokama qilishadi.

«O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi» yakunlari bo`yicha: O`zbekistonda Rossiyaning nufuzli OTMlari filiallarini tashkil etish; akademik tayyorgarlik bo`yicha hamkorlikni kengaytirish; birgalikda ilmiy va innovasion forumlarni o`tkazish; ilmiy-tadqiqot bo`yicha loyihalarni amalga oshirish bo`yicha kelishuvlar imzolanadi.

    Boshqa yangiliklar