AsosiyJamiyat

Tez tibbiy yordam xizmati takomillashtirildi

'Tez tibbiy yordam xizmati takomillashtirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko`maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun Sog`liqni saqlash vazirligi huzurida Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg`armasi tashkil etildi.

Jamg`arma mablag`larining bir qismi tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini malakasini oshirish va xorijiy davlatlarda amaliyot o`tashini tashkil etish hamda ularga ustamalar, mukofot pullari va boshqa rag`batlantiruvchi to`lovlarni to`lash uchun sarflanadi.

Qaror bilan Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlandi. Baholash natijalari tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini moddiy rag`batlantirish uchun asos bo`ladi, shuningdek, xizmat muassasalarini rahbar kadrlar bilan to`ldirishda hisobga olinadi.

Tez tibbiy yordam xizmati 2020 yildan boshlab aviasiya texnikasi bilan jihozlanadi.

2019 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida tez tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha innovasion imkoniyatlarga ega avtomatlashtirilgan tizim yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar