AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan mijozlarni xabardor qilish uchun yangi xizmatni yo`lga qo`ydi

'GM Uzbekistan mijozlarni xabardor qilish uchun yangi xizmatni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

GM Uzbekistan AJ xarid jarayonlari shaffofligini ta`minlash maqsadida kompaniyaning rasmiy saytida “Avtosalonga etkazilgan avtomobillar ro`yxati” bo`limi orqali mijozlarni xabardor qilish yangi xizmatini yo`lga qo`ydi.

Endi kompaniyaning rasmiy sahifasiga avtomobili avtosalonga etkazilgan xaridorlar ro`yxati joylab boriladi. Ma`lumotlar kunlik tarzda yangilanib boriladi. Ro`yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: http://gmuzbekistan.uz/

Yangi xizmat avtomobil xaridining barcha bosqichida shaffoflikni ta`minlashga xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, turli bahonalar bilan sizdan avtomobil etkazib berishda qo`shimcha mablag` talab qilingan holatlarda siz «GM Uzbekistan» AJda tashkil etilgan Call-Markazga (+99871) 141-77-77 raqamlari orqali yohud Bosh Prokuraturaning 10-07 ishonch raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar