“Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta`minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko`rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Endilikda davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko`rsatiladigan suv ta`minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizasiya) xizmatlari uchun majburiy to`lovlar oldindan 100 foizlik haq to`lash asosida amalga oshiriladi.
Ushbu to`lovlar to`lanmaganida suv ta`minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizasiya) tizimlaridan to`liq uzib qo`yishgacha bo`lgan choralar ko`riladi.
Shuningdek, kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq pensioner pensiya jamg`armasi tuman (shahar) bo`limining pensiyadan ortiqcha to`langan summalarni ushlab qolish to`g`risidagi qaroridan norozi bo`lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, uch yildan ko`p bo`lmagan davr uchun undirilishi belgilandi.






